O‘zbekistonda elektr energiyasini markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish funksiyasini bajaruvchi “O‘zenergosotish” kompaniyasi tashkil etiladi. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” elektr energiyasini yetkazib berish va tranzit qilishga javobgar bo‘ladi.
O‘zbekistonda 1 kVt/soat elektr energiyasi tannarxi 970 so‘mni (2022-yil may oyidan +21,2% oshgan), gazning bir kubometri 1890 so‘mni (+35%) tashkil qilmoqda, deb xabar qildi Energetika vazirligi. Kuni kecha Energetika vaziri bir kVt/soat elektr energiyasi narxi 800 so‘mdan oshganini aytgandi.
Nigeriyada butun mamlakat bo‘ylab 200 milliondan ortiq aholi elektrostansiyada yong‘in yuz berishi tufayli elektrsiz qoldi. Elektr tarqatuvchi kompaniya hodisani “tizimning butunlay ishdan chiqishi” deb atadi.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida energoresurslar bilan uzluksiz ta’minlash uchun qanday ishlar amalga oshirilayotgani haqida gapirib berdi. Avvalroq u buni ta’minlamay turib, aholi uchun elektr va gaz tariflari oshirilmasligini aytgandi.
Aholi uchun tabaqalashtirilgan tariflarni belgilashdan oldin uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish zarur, deya ta’kidladi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumatga yangi tarifni 2024-yilning 1-mayidan joriy etish bo‘yicha taklif kiritilishi kutilmoqda.
Prezident Energetika vazirligiga sanoat korxonalarini ogohlantirmasdan elektrdan uzib qo‘yish amaliyotiga “qat’iy chek qo‘yish” bo‘yicha topshiriq berdi. Bosh vazir boshchiligidagi komissiya qo‘shimcha ishlab chiqarish hajmlarini hisobga olgan holda har oyda hududlar bo‘yicha energiya balansini ishlab chiqishi kerak.
Sakkiz oy davomida O‘zbekistonda 390,18 mlrd so‘mlik tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 6305 ta holat aniqlandi. Eng ko‘p holatlar Andijon, Samarqand, Navoiy va Toshkent viloyatlarida qayd etildi.
O‘zbekistonda elektr energiyasi, gaz va suv narxlarining liberallashtirilishi va uning narxlar o‘sishiga ta’siri 2023-yil uchun inflyatsiya prognozida nazarda tutilgan, dedi Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” 2022-yilda eng ko‘p zarar ko‘rgan davlat ulushdorligidagi korxona bo‘lganini elektr energiyasini qimmat olib, arzon sotgani bilan izohladi. Kompaniya 2021-yildan ham zarar bilan chiqqan. 2023-yildan ham zarar bilan chiqishi kutilmoqda.
26-iyul kuni elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha rekord o‘rnatildi — 250,7 mln kVt/soat. Energetika vazirligi issiq havoda elektr tarmoqlarining uzatish quvvati 25 foizga pasayganini bildirib, vaziyatni to‘g‘ri tushunishni so‘radi va elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanishga chaqirdi.
Tarmoqlarda Toshkent shahri Sergeli tumanidagi “Quruvchilar” mahallasida bir sutkadan ortiq vaqtdan beri elektr energiyasi yo‘qligi xabari tarqaldi. Tuman hokimiyati bu bo‘yicha izoh berib, elektr ta’minoti 25-iyul soat 19:00 da tiklanishini ma’lum qildi.
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 125 mln dollar miqdorida qarz ajratishni ma’qulladi. Mablag‘ mamlakatning elektr uzatish tarmog‘ini takomillashtirish, xususan, 7 ta viloyatda 359 kilometr uzunlikdagi 12 ta elektr uzatish liniyasini rekonstruksiya qilishga yo‘naltiriladi.
O‘zbekistonda 5 oy davomida gaz qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,8 foizga kamaydi. Ko‘rsatkich ketma-ket ikkinchi oy pasaymoqda — may oyida u 11,2 foizga kamaygandi. May oyidagi elektr energiyasi ishlab chiqarish rekord darajadagi o‘sishni qayd etdi.
O‘zbekiston hukumati qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanib jismoniy shaxslar va tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan ortiqcha elektr energiyasini sotish tartibini tasdiqladi.
Chorshanba kuni ta’mirlash ishlari sabab Toshkent shahrining Yashnobod, Uchtepa, Yakkasaroy va Chilonzor tumanlarining ba’zi joylarida vaqtincha elektr energiyasi ta’minoti to‘xtatildi.
So‘nggi kunlarda poytaxtning qator tumanlarida kuzatilayotgan elektr ta’minotidagi uzilishlarning aksariyati oldindan rejalashtirilgan bo‘lib, ta’minot sifatini yaxshilashga qaratilgan ishlar tufayli sodir bo‘lmoqda, deya izoh berdi “HETK” Toshkent shahri filiali direktori o‘rinbosari Bekzod Kulibayev.
Toshkentning Yashnobod, Bektemir hamda Chilonzor tumanlaridagi ayrim hududlarida elektr energiyasi soat 18:00 ga qadar vaqtincha o‘chirildi.
Toshkent shahrining Uchtepa, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy hamda Yashnobod tumanlarining ayrim joylarida 6-iyun 18:00 gacha elektr energiyasi o‘chirildi.
So‘nggi haftalarda poytaxtda yo‘l-qurilish ishlari faol tarzda ketmoqda. Bu elektr energiyasi ta’minoti barqarorligini oshirish maqsadida qilinyapti, dedi hokimlik. 2023-yilda 903 km past kuchlanishli elektr tarmoqlari, 228 ta transformator yangilanadi. Bunday yirik masshtabdagi ish ilk marta amalga oshirilmoqda.
Yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda gaz qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,5 foizga, aprelda esa 8,1 foizga kamaydi. 4 oy davomida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 4 foizga, ko‘mir 7,4 foizga tushdi. Yil boshidan beri neft qazib olish 4,3 foizga o‘sdi, biroq aprelda pasayish kuzatildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting